PORT-SAID

PORT-SAID — Misrning shim.shar-qiy qismidagi shahar, Oʻrta dengiz sohilida, Suvaysh kanaliga shim. tomondan kiraverishda. Port-Said muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 470 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oxiri). P.-S. — xalqaro ahamiyatga ega savdotransport markazi. Kemasozlik va kema taʼmirlash, oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Baliq ovlash markazi. P.-S. ga Suvaysh kanali qurilishi munosabati bilan 1859-y. da asos solingan va Misr hokimi Saidposhsho nomi bilan atalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x