PETROFIZIKA — togʻ jinslari fizik xossalarini ularning mineral tarkibi, strukturasi va paydo bulish tarixi bilan bogʻliqligini oʻrganuvchi fan. P. geofizik tadqiqotlar negizida vujudga kelib, qattiq jins fizika-si, tajribaviy petrografiya va mineralogiya, muhandislik geologiyasi va textonika, foydali kazilmalar taʼlimoti bilan uzviy bogʻliq holda rivojlandi. «Petrofizika» tushunchasini fanga nemis geofizigi F. Fyorlix kiritgan. Petrofizika togʻ jinslari xususiyatlarini bevosita dala sharoitlarida petrografik me-todlar, geofizik va kosmofizik tad-qiqotlar, shuningdek, lab. usullari yordamida aniklaydi. Tadqiqotlar natijasida olingan materiallar xossalariga koʻra tasniflanadi, togʻ jinslari xossalarini oʻrganish natijasi petrografik tasniflar, petrografik xarita va kesmalar koʻrinishida ifo-dalanadi. Aniqlanayotgan parametrga koʻra, petrotezlik, petromagnitlik, petrozichlik va b. xaritalar tuziladi; buning natijasida alohida r-nlarning petrofizik tasnifi aniklanadi. Togʻ jinslarining petrofizik xususiyatlari Yer poʻsti turli qismlarining rivojlanish tarixi bilan bogʻliq boʻladi. Togʻ jinslari fizik xususiyatlariga ularning kimyoviy mineral tarkibi va tuzilishi kanchalik taʼsir etishini oʻrganib, togʻ jinslarining fizik pa-rametrlarini mineral tarkibiga kura aniklash mumkin. Petrofizik tad-qiqotlarda togʻ jinslari anizotro-piyasi hodisasiga alohida ahamiyat beriladi.
Petrofizika alohida togʻ jinslarining fizik xususiyatlari haqidagi maʼlumotlardan foydalanib, konkret termodinamik sharoitlarni aniklaydi va togʻ jinslari xususiyatlarini yuqori bosim va t-ra taʼsirida oʻrganish imkoniyatini beradi. Bunday dastlabki tadqiqotlar 1950-y. larda AQSH olimlari tomonidan olib borildi va keyin boshqa mamlakatlarda rivojlantirildi.
Oʻzbekistonda 1960-y. lar oʻrtalarida Oʻzbekiston FA Geologiya va geofizika in-ti olimlari I. H. Hamroboyev, E. Is-kandarov, A. Musayevlar togʻ jinslarining petrofizik xususiyatlarini fizik-mexanik modellash ustida i. t. ishlari olib bordilar. Petrofizika rudali jinslar uyumini topish hamda togʻ jinslari ge-nezisi va seysmik xrdisalarni aniqlash maqsadida Yer pustining chuqur qatlamlarini oʻrganish bilan bogʻliq holda alohida ahamiyat kasb etmoqda.