“Bir yori gʻamgusorim… yoʻq erdi”

Jurnalimizning ushbu sonidan eʼtiboran “Maktubot” nomli rukn tashkil etdik. Unda mashhur shaxslarning maslakdoshlariga, yaqinlariga yozgan maktublarini eʼlon qilish orqali ularning insoniy kechinmalarini, qalb manzaralarini koʻrsatishni niyat qildik. Ilk maktubni adabiyotimiz, maʼnaviyatimiz oftobi – hazrat Alisher Navoiyning “Munshaot” toʻplamidan tanladik. Husayn Boyqaroga yozilgan ushbu maktubda Hazratning mashhur devonlariga qay tarzda tartib berilgani, shuningdek, Navoiyning oʻsha palladagi ruhiy holati aks etgan…


 

Qulluq duodin soʻngra arzadosht ulkim, bu faqirning parishon ashʼori va oshufta abʼyotidin harnekim tartib libosigʻa kirib erdi va har qaysigʻa tadvin oyini berilib erdi – barcha humoyun kutubxonagʻa yetib erdi va andagʻi kutub silkiga kirar sharafin kasb etib erdi.

Bu oʻtgan ikki yilkim, bu banda boshigʻa havodisi roʻzgordin yuz navʼ balo va ishqi zabunkush bedodidin yuz turluq ibtilo yuzlandi. Ollimgʻa har shiddat kelsa, chun ayturgʻa bir yori gʻamgusorim va ilayimga har suubat yetsa, chun izhor qilurgʻa bir rafiqi sohib asrorim yoʻq erdi, ul shiddatu suubat mazmunidin biror bayt yo matlaʼ xayol qilur erdim va koʻnglumni ul gʻussa va anduhdin xoli etar erdim, bu oz vaqtda koʻp nazm aytilgʻon ermish va har navʼ sheʼr va gʻazal yigʻilgʻon ermish. Bularni zoyeʼ qilmoq bandagʻa nomaqdur erdi va tartibigʻa ham hukm bila maʼmur.

Bu sababdin burungʻi ikki devon ashʼori bila soʻngra aytilgʻonlarni bila qoʻshub, tartib bila toʻrt ayrildi, dagʻi toʻrt ot qilildi: tufuliyatda voqeʼ boʻlgʻon gʻarib maʼnilargʻa – “Gʻaroyib us-sigʻar” va yigitlikda zohir boʻlgʻon nodir tarkiblargʻa “Navodir ush-shabob” va umrning vadatida jilva qilgʻon badiʼvashlargʻa – “Badoye ul-vasat” va umrning oxirigʻa yaqin nazmgʻa kirgan foydalargʻa – “Favoid ul-kibar” ot qoʻyuldi. Dagʻi majmuigʻakim maxlut bitilibturur, chun tabʼ xazoyinidin hosil boʻlgʻon maoniy erdi – “Xazoyin ul-maoniy” laqab berildi, vojib erdikim, muborak nazargʻa yetkurulgay.

Ul sababdin mafxarus-savohib Mavlono Sohibni qulluqqa yiborildi va ul musvaddani oliy majlisqa yetkursun deyildi. Bu gustoxliqqa afv umididur va ul gustoxliqlargʻa isloh umidi, to toʻrt taboyin muxtalif inson xilqatidakim, ofarinishning xazoyini maoniysidur – muvofiq boʻlgʻaylar. Rubʼi maskunda hukmunguz ravon boʻlsun va rubʼi maskun ahligʻa adlingizdin amnu amon. Omin, yo Rabbil olamin.

 

R u b o i ya:

 

Ey zuhra kelib, mutribi bazmi tarabing,

Birjisdin ortibon hayovu adabing,

Olam elida xisravu xoqon laqabing,

Odamgʻa degincha xon bin xon nasabing.

 

R u b o i ya:

 

Ne charx bisoti ishrat-afzoyingcha,

Ne mehr jamoli olam-oroyingcha,

Ne oy davri chatri falak farsoyingcha,

Ne koʻk avji xoki kafi poyingcha.

 

“Yoshlik”, 2015 yil 7-son

https://saviya.uz/ijod/nasr/bir-yori-gamgusorim-yoq-erdi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x