DO`STLARGA ULASHING:
Ozdiruvchi dorilarni ichib tez ozib ketsa bo’ladimi?
– Yo’q bo’lmaydi. Chunki tanadan ma’lum bir vazn yo’qotish bu inson harakatiga va jismoniy faoliyatiga taalluqli ishdir. Agar ozmoqchi bo’lgan insonning kunlik energiyasi(koloriya hisobida) ya’ni ish harakati past bo’lsa, ishonavering, dorilarni 1 kunda 100 ta ichib ham ozolmaydi.
– Ozishda ham ozish bor. Ya’ni hozir ko’p yerlarda reklama qilinayotgan ozdiruvchi dorilarning (hatto ular tabiiy o’tdan tayyorlangan bo’lsa ham) aksari zararli ozdiradi. Ya’ni bir tomondan vazn tashlasangiz ikkinchi tomondan esa «почка»ngizni tamom qilasiz.
– Vaholanki ular sizga: –Bu mahsulot 100% tabiiy o’tlardan tayyorlangan deb qulog’ingizga lag’mon osishadi. 🍜
P.s. Unutmang, «nasha» ham yerda o’sib chiqadigan o’simlik ammo zararlidir)