KRITIK TEMPERATURA — 1) moddaning kritik holatpagn t-rasi. Har bir modda xususiy Kritik temperaturaga ega va u moddaning oʻzgarmaydigan tavsifnomalaridan biridir. Kritik temperaturada suyuqlikning sirt tarangligi nolga teng, meniski yoʻqoladi. Shuningdek, muvozanat holatda boʻlgan bugʻ va suyuqlikning fizik xususiyatlaridagi farq yoʻqola-di; K. t. moddaning fizik-kimyoviy doimiylaridan biri hisoblanadi (baʼzi bir moddalarning Kritik temperatura Tk qiymati kritik nuqta maqolasida berilgan);
2) ayrim oʻtkazgichlarning oʻta oʻtkazuvchanlik qolatiga oʻtish t-rasi (q. Oʻta oʻtkazuvchanlik). Koʻpgiva metallar, qotishmalar va kimyoviy birikmalar uchun aniqdangan. Sof metallarda eng pastki Kritik temperatura W da (-0,1 K), eng yuqori Kritik temperatura Nb da (9,2 K) kuzatilgan. Juda yuqori Kritik temperatura Nb, Ge qotishmalarida kuzatilgan (G23 K).