ZIYOYEV Hamid (1923. 15. 6, Toshkent) tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari dri, prof. (1968), Toshkent pedagogika intining tarix ftini tugatgan (1946). Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya inti ilmiy xodimi (1950—63), yangi tarix shoʻbasi mudiri (1964—65), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1965—85). 1996-y. dan Oʻzbekiston FA Tarix intida yetakchi ilmiy xodim. Z. ning ilmiy ishlari Urta Osiyo, Rossiya va Sharkiy Turkiston tarixi, 14—20a. lardagi Uzbekiston tarixini oʻrganishga oid. 3. Turkiston mustamlaka davri tarixi muammolari bilan bogʻliq tadqiqotlar olib bormoqda. «Jasorat» medali bilan mukofotlangan (1994).
As: Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash (18—20a. boshlari), T., 1998; Istiqlol maʼnaviyat negizi, T., 1999; Tarix — oʻtmish va kelajak, T., 2000; Oʻzbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi, T., 2001.