DO`STLARGA ULASHING:
Salimboy haqida: hozirda u qanday kompaniyalarga rahbarlik qiladi?
Salim Qirkizboevich Abduvaliyev, 1950-yilda Toshkent shahrida tug’ilgan bo’lib, otasi kolxoz raisi bo’lgan. U O’zbekistondagi nufuzli tadbirkor va hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasining vitse-prezidenti hisoblanadi.
O’n yildan ziyod vaqt mobaynida u bolalar va o’smirlar kurashi bo’limlarini rivojlantirishni moliyalashtirmoqda. Shuningdek, sportning kurash, tennis va boshqa turlariga muntazam homiylik qiladi va sportchilarni jahon chempionatlarida ishtirok etishini ta’minlaydi.
Uning boyligi va kompaniyalari hech bir manbada rasmiy ochiqlanmagan, lekin tasdiqlanmagan manbalarga qaraganda u quyidagi kompaniyalarga egalik qilmoqda:
— Xitoyning Huawei va ZTE kompaniyasining O’zbekistondagi ulushining bir qismiga;
— MTC va Zeromax kompaniyalari ishida aloqadorlik;
— Qo’yliq asfalt zavodi egasi;
Shuningdek uning Poytaxtdagi bir necha $10 mln turadigan hashamatli uyi bor.
@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog