PROYEKSIYA (lot. projectus — oldinga irgʻitilgan) — biror narsaning tekislik (qogʻoz)ga tushirilgan tasviri. Mas, fazodagi A nuqtani Pʻ tekisligiga proyeksiyalash uchun Proyeksiya markazi S orkali Pʻ tekislik bilan L nuqtada ke-sishguncha SA toʻgʻri chizigʻi oʻtkaziladi. Aʻ nuqta A ning Proyeksiyasi deyiladi. Biror Gʻ shaklning proyeksiyasi uning barcha nuqtalarini proyeksiyalab topiladi. Proyeksiya markazidan oʻtmaydigan toʻgʻri chiziq koʻrinishida proyeksiyalanadi. Hosil qilingan Proyeksiya markaziy yoki konus P. deyiladi.
Proyeksiya markazi fazoning cheksiz uzoqlikdagi nuqtasi Ј°= da boʻlsa, barcha pro-yeksiyalovchi toʻgʻri chiziqlar parallel boʻladi va Proyeksiya parallel yoki silindrik Proyeksiya deyiladi. Chizmachiliqda parallel proyeksiyalashning xususiy turi qoʻllaniladi. Bunda proyeksiyalash tekisligi proyeksiyalash yoʻnalishiga perpendikulyar joylashadi. Bunday Proyeksiya toʻgʻri burchakli yokiortogonal P. deyiladi. Markaziy va parallel P. lar chizma geometriyada keng qoʻlla-niladi.