MAGNITOMEXANIK HODISALAR — magnitli mikrozarralarning magnit momenti bilan mexanik momenti orasidagi bogʻlanishga doyr hodisalar. Atom yadrosi atrofida zarralar (elektron, proton, neytron)ning harakati tufayli atomda magnit momenti hosil boʻlishi bilan birga mexanik moment ham yuzaga keladi. Ferromagnit jismlarni magnit maydonta joylashtirilsa, atomlar magnit moment yoʻnalishini maydon yoʻnalishi boʻyicha oʻzgartiradi. Bunday oʻzgarish esa, oʻz navbatida, atomlarning mexanik momenti oʻzgarishiga olib keladi. Lekin jismning toʻliq mexanik momenti (harakat miqdori) oʻzgarmaydi, jism atomlarining mexanik momenti yoʻnalishiga teskari harakat mikdori momenti hosil boʻladi, u holda jism aylanma harakatlanadi. Buni solenoidda elastik ipga osilgan metall sterjenda kuzatish mumkin. Agar solenoiddan elektr toki oʻtkazilsa, metall sterjen magnitlanadi va aylanma harakatlanadi. Bunda harakat miqdorini ipning buralishidan aniqlanadi (tajribani 1915-y. da A. Eynshteyn va golland fizigi V. de Xaaz amalga oshirgan). Bu tajribada metall sterjen oʻz oʻqi atrofida tez aylantirilsa tashki magnit maydon boʻlmaganda ham (yaʼni solenoidda elektr toki boʻlmasa xam) sterjen magnitlanishini kuzatish mumkin. Bu effektni amerikalik olim S. Barnett 1909-y. da kuzatgan. Magnitomexanik hodisalar, ayniqsa, atom tuzilishini oʻrganishda muhim. Magnitomexanik hodisalar har xil jismlarning magnit xossalarini aniqlashga imkon beradi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии