PARMA

PARMA — metall, yogʻoch va b. materialdan yasalgan buyumlarga teshik ochish, chuqurcha oʻyish uchun ishlatiladigan kesuvchi asbob. Ish va quyruq qismidan iborat. Ish qismida kesish elementlari joylashgan. Quyruq qismi konus va silindr shaklli boʻladi. Tuzilishiga koʻra, spiral (vintsimon), chuqur teshiklar teshadigan, markazlovchi, patsimon tigʻli va b. xillari boʻladi. Metall buyumlarga teshik ochishda spiral Parma keng qoʻllaniladi (1-rasm). Uning ish qismi kesuvchi qirralar, qirindini chiqarib turuvchi ariqchalar va yoʻnaltiruvchi lentachalardan iborat. Bunday Parmalar uglerodli yoki keskir poʻlatdan yasaladi, baʼzan, kesuvchi qir-ralarga qattiq qotishmalardan tayyorlangan plastina yopishtiriladi. Yogʻoch buyumlaruchun moʻljallangan Parma larning kesuvchi qismi boshqacharoq tuzilgan (2-rasm). Silindrik va vintsimon xillarga boʻlinadi. Silindrik Parmaning markazlovchi va qoshikli, vintsimon Parmaning spiralsimon, shneksimon, shtopor va b. xillari bor. Yogʻoch uchun qoʻl parma ham ishlatiladi.

Parmalar mexanik asboblar (elektr P., elektr drel), parmalash stanoklari, tokarlik stanoklari, dastaki stanoklarga oʻrnatib ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x