OʻZBEKISTON METALLURGIYA KOMBINATI AKSIYADORLIK BIRLASHMASI

«OʻZBEKISTON METALLURGIYA KOMBINATI» AKSIYADORLIK BIRLASHMASIqora metallurgiya sanoati korxonasi. Toshkent viloyati Bekobod shahrida. Qora metallurgiya mahsulotlarining eng muhim turlari (poʻlat, choʻyan, poʻlat quvurlar va poʻlat prokat), armatura poʻlati, shvellerlar, poʻlat sharlar, poʻlat emallangan idishlar ishlab chiqaradi, respublika boʻyicha yigʻiladigan temirtersak, metall chiqindilarini qayta eritadi.

1942-yildan umumxalq hashari yoʻli bilan qurila boshlagan, 1944 yil 5-martda ishga tushirilgan. 3dda marten sexi, choʻyan quyish sexi va 1974-yildan emallangan poʻlat idishlar ishlab chiqarish sexi mavjud. Marten sexida 3-marten pechi bor (1944, 1945 va 1949-yillarda ishga tushirilgan). 1946—49 yillarda prokat sexi ishga tushirildi. 1962-yilli uzluksiz poʻlat quyuv qurilma ishga tushirilgan; 1974-yildan emallangan poʻlat roʻzgʻor idishlari ishlab chiqarish boshlanadi. 1978-yil avg. da yillik quvvati 250 ming t boʻlgan elektr yordamida poʻlat eritadigan 1pech, dek. da 2 pech, 1979-yil sentyabr da 3pech mahsulot bera boshladi. 1984-yil iyudda navli prokat sexining 1navbati, 1987-yil sentyabrda 2navbati ishta tushirildi. 1991-yildan 32—76 mm li poʻlat quvurlar ishlab chiqaradigan ikki liniya mahsulot chiqara boshladi. 1994-yil iyunida togʻkon sanoati uchun ruda maydalash tegirmon sharlari ishlab chiqarish st-yani foydalanishga topshirildi. Korxonada asosiy mahsulotlar bilan birga 50 yaqin turdagi xalq isteʼmoli tovarlari ham ishlab chiqariladi.

Korxona 1944—94 yillarda «Oʻzbekiston metallurgiya z-di» deb nomlangan. 1994-yil 24-martdan uning tarkibiga Shirin mashinasozlik z-di, «Ikkilamchi qora metallar» korxonalari boshqarmasi kirdi va aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi. 2003-yilda 486 ming t poʻlat, 550,7 ming t tayyor prokat, shu jumladan, 132,1 ming t tegirmon sharlari ishlab chiqarildi. Chet ellarga 86740 ming AQSH dollarilik mahsulotlar eksport qilindi. Mahsulotlari Rossiya, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Eron va boshqalarga eksport qilinadi. Chet ellardagi firmalar bilan ishlab chiqarish va ilmiy aloqalar oʻrnatilgan.

Akksandr Farmonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x