Bu kutubxonami yoxud biznes markaz?

Bu kutubxonami yoxud biznes markaz
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Namanganda ochilgan “Yangi Oʻzbekiston — yoshlar ziyo maskani”ni ilk bor koʻrgan kishida ana shunday savol tugʻiladi
Namanganga shu oyning 18 kunida tongga yetar-yetmay kirib bordik. Vodiy dovonidagi oʻylar haqida toʻxtalsam, uning oʻzi alohida katta bir bitik. Kitoblarimiz taqdimotini oʻtkazish va Davlatobod tumanidagi yangi ziyo maskani ochilishida chiqish vazifasi yuklatilgan toʻrt shoir Namanganda birinchi bor kelishimiz edi.

Qaysi viloyatga borsangiz goʻyo oʻsha yerda yashab oʻtgan buyuklar ruhi sizni kuzatib turgandek tuyuladi. Yoʻl boʻyi Mashrabdan sheʼr oʻqidik. Oʻzim esa “Namanganga nomalar” turkumini nihoyasiga yetkazdim.
Namanganda qoyalar – telba,
Namanganda toshlar ham darvesh…
Bizdan qoladigan yagona narsa – Soʻzdir. Shuning uchun ham aqalli borgan joylarimiz haqida bitta boʻlsada sheʼr yozsak, menimcha qachondir, kimgadir foydasi tegadi.
Ertasiga ertalab tuman markazidagi “Yangi Oʻzbekiston — yoshlar ziyo maskani” ochilishiga yoʻl oldik. Ulovdan tushishimiz bilan hali peshonasiga nomi yozilmagan bir binoga koʻzimiz tushdi. Namanganlik ogʻamdan soʻradim: – Qani kutubxona, bu qanaqa joy dedim, – haligi binoga imlab. Ichimdan esa “Biror-bir biznes markazi boʻlsa kerak” degan oʻy kechardi. Ohista jilmaygan alfozda “Bu – oʻsha kutubxona” deb javob qaytardi boshiga doʻppini ildirib olgan ogʻa.
Rostdan ham ajoyib, koʻrgan koʻz quvnaydi. Menimcha, bunday oʻy bir mening ichimdan oʻtmagan boʻlsa kerak. Amin boʻlganimizdek bu kutubxona xalq uchun – katta omonat, faqat endi undan unumli foydalanish, oʻqish-oʻrganishga kirishish va albatta, kelajak uchun yana-da boyitilgan holda meros qoldirish hammamizga burch boʻlmogʻi lozim. Birozdan soʻng bino peshonasi yarqiradi: “Yangi Oʻzbekiston – yoshlar ziyo maskani”. Kutubxona ichkarisiga kirib borar ekanmiz, «Shunday kutubxona ham boʻlar ekan-da», derdik bir-birimizga qarab. Oʻzbek va jahon adabiyotidan tortib tarixiy kitoblargacha, shaxmat oʻyinidan tortib IT parkkacha bor kutubxonada. Maskan ilmning salmogʻiga yarasha kutubxona ekani bizni xushnud qildi.
Endilikda yoshlarning bunga javobi nima boʻlmogʻi kerak?
Albatta, oʻqish, oʻqish va yana oʻqish. Millat farzandlari yurtni jahonga tanitadi, yurtni jahonga tanitish uchun bilimli bolalar kerak, bolalar bilimli boʻlishi uchun esa kitob kerak, kutubxona kerak. Marosim soʻnggida kutubxonaga oʻz kitoblarimizdan qoldirdik.
Oʻz kitobimni shunday imzoladim “Sham yorugʻida kitob oʻqib, ilm oʻrganib, ilhomlanib, oʻzimning shu kichkina kitobimni yozganman. Ishonamanki, bunday sharoitga ega kutubxonada kitob mutolaa qilgan bolalarning xizmatlari biznikidan ming chandon ortiq boʻladi. 18-fevral, 2021-yil.”
Rahmatjon BOBOJONOV,
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohibi, ijodkor, tarjimon.

Manba: Xs.uz

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x