MARIYAMPOLE (1955-89 y. larda Kapsukas) — Litvadagi shahar. Shyashu-pa daryosi sohilida joylashgan. T. y. stansiyasi. Aholisi 51,4 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Oziq-ovqat sa-noati uchun uskunalar, texnologiya ji-hozlari, mebel ishlab chiqariladi; toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Oʻlkashunoslik muzeyi, kostel va monastir (18—19-a. lar) bor. Shaharga 18-a. da asos solingan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые