XOʻJA AHMAD ABBOS

XOʻJA AHMAD ABBOS (1914.7.6, Panipat sh. — 1987, Bombay) — hind yozuvchisi, kinodramaturg, rej. Urdu va ingliz tillarida ijod kilgan. Talabalik yillaridayoq milliy ozodlik harakatida ishtirok qilgan. «Ertangi kun bizniki» (1945), «Toʻrt qalb, toʻrt yoʻl» (1959) kabi romanlarida, qoʻp sonli hikoyalari («Oʻgʻlim — dushmanim», «Tosh toʻshak ustida ming kecha», «Guruch» va b.) da, «Zubayda» (1941), «Ananas va atom bombasi» (1943), «Mangulik» (1951) kabi pyesalarida, «Daydi», «Janob 420», «Uch dengiz osha sayohat» (M. Smirnova bilan hamkorlikda) filmlariga yozgan ssenariylarida jiddiy ijtimoiy muammolar yoritilgan, bu asarlar kuchli dramatizmi bilan diqqatga sazovor. Rej. sifatida dastlabki asari — ingliz mustamlakachilarini ayblovchi «Yer farzandlari» filmi (1946)da xalq turmushi real aks etgan. «Shahar va orzu», «Bombay tun ogushida», «Ikki tomchi suv» kabi filmlarida hayot haqkrniy tasvirlangan. Bombayda kino firmasi bor. Bir necha marta Oʻzbekistonga (jumladan, 2Toshkent kinofestivali, 1972) kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x