XIMENES

XIMENES (Jimenez) Xuan Ramon (1881.24.12, Moger 1958.29.5, SanXuan, PuertoRiko) — ispan shoiri. Ispan modernizmi boshlovchilaridan. Dastlabki sheʼriy toʻplami — «Binafsha hidi» (1900). «Qofiyalar» (1902), «Gʻamgin kuylar» (1903), «Olis bogʻlar» (1904), «Pastorallar» (1905) sheʼriy toʻplamlari, «Platero va men» (1914) lirik qissasi modernizm usulida yozilgan. «Yoz» ishkiy sheʼrlar toʻplami xotini — amerikalik shoira Zenobin Kamprubiga bagʻishlangan.

Ximenesning keyingi toʻplami «Shoir kuyov bolaning kundaligi» (1917) oʻzining AQSHga safari taassurotlari asosida yozilgan. Sheʼrlar ispan sheʼriyatida birinchi bor erkin usudda yozilgan. Keyingi 20 yil davomida ispan adabiy jur. larida tanqidchi va muharrir boʻlib ishlagan, ijodida esa, oʻzi aytib yuradigan «mangulikka tashnalik»ni ifodalashga harakat qilgan. «Mangulik» (1918) kitobida oldingi yozgan sheʼrlar idan voz kechib, «sof» sheʼriyatga intilgan. «Tosh va osmon» (1919), «Goʻzallik» (1923) sheʼriy tuplamlarida goʻzallik va ulim, ijod va ruh ozodligi orasidagi bogʻliqlik mushohada kilingan. «Yangi dunyo qoʻshiklari yili» (1923—36) antologiyasida tabiatdagi hukmron muvofiqlik nozik his bilan aks ettirilgan. 1951-y. «Xudo — istalgan va istovchi» poetik sikl ustida ishlagan. Toʻplam tugallanmagan, boshlagan sheʼrlarini boshqa bir toʻplamga qoʻshib yuborgan. Nobel mukofoti laureati (1956).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x