TROMBON (ital. trombone — katta truba) — mispuflama musiqa cholgʻu asbobi. Nayi (uz. 300 sm) 2-marta kayrilgan, ogʻzi konussimon shaklga ega. Chalinadigan uchida ichi chuqur mundshtugi bor. Uzaytiribqisqartiriladigan (nayi suriluvchan, sugtrombon) va ventil mexanizmli turlari mavjud. 16-a. dan orkestr tarkibiga kirgan. Tovushi kuchli. Tenor, bas kabi turlari mavjud. Xromatik tovushqatorga ega. Yakka, ansambl va simfonik, puflama sozlar, estrada orkestrlarida keng qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda Trombon ijrochiligi va taʼlim tizimida A. Morozov, S. Qozoqboyev, A. Vergilesovlar tanilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые