BONU

BONU (taxallusi; asl ismi Samar Bonu Sirojiddin qizi) (1837, Oʻsh — 1891, Andijon, Mingtepa qishlogi) — uzbek shoirasi, maʼrifatparvar. Huvaydottt chevarasi. «Meros dedim bobomlardin» masnaviysida Hofiz, Navoiy, Shams Tabriziy, Ahmad Yassaviy va bobosi Huvaydoni tilga olib, shoirlik isteʼdodi otabobosidan meros ekanligini taʼkidlagan. Ularning asarlariga tajnis, tatabbular yozgan.

Bonu 19 yoshida beva qolgan. «Bonu gʻarib» sheʼrida bu ogir judolik va musibatni turmush hodisalari bilan bogʻlab, oʻzi kabi ayollar qismatidan, zamonasidagi haqsizliklardan zorlangan. Sheʼrlarida Layli, Shirin, Uzrolar bilan dardlashgan («Yor jabr etdi» va b.). B. ruhidagi isyonkorlik, oqilalik asarlariga singib ketgan. Sevgi mavzuidagi sheʼrlari shaxsiy histuygʻular bilan chegaralanmay, keng ijtimoiy mazmun kasb etgan. Bonu ijodida shaxs va zamon, ayollar taqdiri masalasini asosiy oʻringa qoʻygan. Erk uchun oʻzi tanlagan yoʻlning toʻgʻriligiga ishongan («Falak ozoridan ming dod», «Hech qaysi inson ham», «Didda dardim kim bilur?», «Benavolar» va b.), bu yoʻlda sobit turgan. Bonu sheʼrlarini toʻplab devon tuzgan.

As: Sheʼrlar, T., 1963.

Ad.: Jalolov T., Oʻzbek shoiralari, T., 1980.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x