BRUT Mark Yuniy (mil. av. 85—42) — Rim siyosiy arbobi. Yuliy Sezarga qarshi mil. av. 44 y. da uyushtirilgan fitna (Kassiy bilan birga) rahbari. Rivoyatlarga koʻra, birinchi boʻlib Yu. Sezarga xanjar solgan. Sezarni oʻldirgandan keyin Rimdan ketgan. 2triumvirat (Oktavian, Antoniy va Lepid) ga qarshi kurashda respublikachilarga Kassiy bilan birga rahbarlik qilib, unda yengilgach, oʻzini oʻldirgan. Keyinchalik Brut obrazi ideallashtirilib, zolimlikka qarshi respublika tarafdori deb koʻrsatilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые