KAVKABIY Najmiddin Buxoriy (? Buxoro — 1532, Eron) — musiqashunos, shoir, bastakor. Musiqa ilmi va amaliyotining turli masalalariga doyr ilmiy risolalar yozgan. Forobiy, Safiuddin Urmaviy, Omuliy, Abdulqodir Marogʻiy va Xoʻja Yusuf Burhon Andijoniy asarlariga tayangan holda Oʻrta Osiyoda birinchilardan boʻlib, oʻz nazariy qarashlarini zamonasining musiqa amaliyotiga yaqinlashtirishga intilgan. Fors tilidagi «Risolai musiqiy»da ilmi musiqiy, oʻn ikki maqom tizimiga oid nazariy tushunchalar berib, turli zarb-usullarning nomini keltirib taʼriflagan, kuyning amaliyotidagi xillari haqida maʼlumot bergan. Kavkabiy maqomlarni kecha-kunduzning qaysi soatlarida ijro etilishi va har xil ruhiy holatdagi kishilarga taʼsiri masalalarini bayon etgan. Oʻz risolasida turli musiqa asboblari, kuylar va maqomlarning paydo boʻlishi haqida afsonalar, gʻazallar keltirib, umuman, qad. Sharq musiqiy estetikasi anʼanalarini davom ettirgan. Hasan xoja Nisoriy va Darvishali Changiy maʼlumotiga koʻra, Kavkabiy kulliyot, qavl, amal, savt, naqsh, rexta va b. shakllarda musiqa asarlari yaratib, maqomlarga mos gʻazallar ham bitgan. Sheʼrlarida islom va musika mavzuiga yangilik olib kirib, musiqaning ilohiy kuchini tarannum etgan. Alisher Navoiy K. ga isteʼdodli yosh shoir sifatida eʼtibor bergan. Risolaning nusxalari Sankt-Peterburg, Dushanba, Toshkentdagi sharqshunoslik in-tlarida saqlanadi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии