SENT-JORJES — Grenada poytaxti. Aholisi shaxar atrofi bilan 40 ming kishi. Iqlimi subekvatorial dengiz iqlimi, oʻrtacha oylik tra 25—28°. Yillik yogʻin 1500 mm. Karib dengizi sohilidagi port (chetga kakao, muskat yongʻogʻi, banan chikariladi). Avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziqovqat sanoati korxonalari, VestIndiya un-ti fakulteti bor. Turizm rivojlangan. Shaharga 1650-y. da asos solingan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые