GEYDELBERG UNIVERSITETI, Karl Ruprext nomidagi Geydelberg un-ti — Germaniyadagi qad. un-tlardan biri. 1386-y. da tashkil etilgan va 4 anʼanaviy oʻrta asr f-ti (erkin sanʼat, ilohiyot, tibbiyot, huquq) dan iborat boʻlgan. Geydelberg sh. da joylashgan. Oʻquv va ilmiy muassasa sifatida tiklanishi Geydelbergning Badenga qoʻshilishi (1803) dan keyin boshlangan. 19-a. da u Germaniyadagi yetakchi oʻquv yurtlaridan biriga aylandi. Unda faylasuflar Geydelberg universiteti Gegel va K. Fisher, kimyogar R. Bunzen, fizik G. Kirxgof, tabiatshunos G. Gelmgols, tarixchi F. Shlosser va b. ishladi. Falsafa, teologiya, yuridik, tabiiy fanlar, tibbiyot va b. sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 27 mingdan ortiqtalabataʼlimoladi. Kutubxonasi (1386-y. tashkil etilgan) da 1 mln. dan ortiq asar saqlanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые