Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon viloyat axborot-kutubxona markazi

1907-yil Andijon shahrida ilm-fanga chanqoq jamoatchilik saʼyharakatlari bilan va shahar aholisi toʻplagan mablagʻlar evaziga 387 nusxa kitob fondiga ega ommaviy kutubxona qiroatxonasi ish boshladi. 1921-yil u Andijon mahalliy jadidlar sardori Abdulhamid Choʻlpon asos solgan “Turon kutubxonasi” bilan birlashdi va shahar kutubxonasi maqomini oldi. 1922-yilga kelib kutubxonada oʻn mingga yaqin kitob, gazeta va jurnallar saqlanardi.

1917-yili kutubxonada atigi 14 nomda gazeta va 26 nomda jurnallar jamlangan boʻlsa, oradan 50 yil oʻtib 375 nomdagi jurnal va 42 nomdagi gazetalarga obuna boʻlishga erishildi. Kutubxonada 3298 nusxada noyob adabiyotlar alohida saqlanib kelinmoqda.

1941-yilda Andijon viloyati tashkil topishi munosabati bilan shahar kutubxonasiga viloyat kutubxonasi maqomi berildi. 1950–60-yillarda viloyat kutubxonasi kutubxonalar kollektori va mahalliy kitob doʻkonlaridan olingan yangi adabiyotlar bilan butlandi, kitob jamgʻarmasi yirtilgan va mazmunan eskirgan adabiyotlardan tozalandi.

Kutubxona tashkil topganligining 60 yilligi arafasida (1966-yil) respublikada birinchilardan boʻlib, 500 ming nusxa kitob saqlashga moʻljallangan yangi binoga ega boʻldi va shu yil kutubxonaga buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi.

Viloyat kutubxonasida 2001-yil Toshkent viloyati “Turon” ilmiy-universal kutubxonasi granti asosida “Huquqiy axborot markazi” tashkil etildi. Kutubxona 2001-yil Xalqaro kutubxonachilik aloqalari dasturiga aʼzo boʻldi. Dasturning maqsadi – Oʻzbekistondagi huquqiy masalalarga oid soʻroqlarni milliy dastur asosida toʻliq taʼminlab berish.

Bundan tashqari, kutubxonada 2002-yil 1-yanvardan nodavlat notijorat tashkilotlarini axborot bilan taʼminlash markazi oʻz faoliyatini boshladi. Kutubxonaning direktori Hafizaxon Qoʻldoshevna Karimova 2009-yili Xalq demokratik partiyasidan Oliy Majlis deputatligiga saylandi. Bu nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon kutubxonachilik ishi tarixida birinchi xalq deputatidir.

Kutubxona 2006-yili Andijon viloyat axborot-kutubxona markaziga aylantirildi.

 

Zuhra Berdiyeva

 

Kutubxonashunoslik” (Kasb-hunar kollejlari uchun. Toshkent, “Ilm ziyo”, 2014) darsligidan.

https://saviya.uz/hayot/nigoh/zahiriddin-muhammad-bobur-nomidagi-andijon-viloyat-axborot-kutubxona-markazi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x