Stanislav Kostka Neyman (1875–1947)

Stanislav Kostka Neyman (1875–1947) chex sheʼriyatining atoqli vakillaridan biri: XIX asr vatanparvarlik sheʼriyati, jumladan, K. Gavlichka-Borovskiy, Ya. Neruda, S. Chex kabi shoirlarning ijodiy merosxoʻri, ayni paytda ular ijodini XX asr chex sheʼriyati bilan bogʻlovchi jonli halqa boʻlib hisoblanadi. Adabiyotga XIX asr oxirlarida kirib kelgan. Imperiyaga qarshi harakatda qatnashgani uchun qamoqqa tashlangan va ilk sheʼrlar kitobini hibsda ekanida yozgan. Simvolizm oqimi taʼsirini boshdan kechirgan (“Men – yangi hayot xabarchisi”, 1896 va h. k.), soʻng ishchilar harakati bilan yaqinlashgan (“Noumidlar olomoni haqida tush” toʻplami (1903) va boshqa sheʼrlari), chex anarxist shoirlari guruhiga boshchilik qilgan. U, ayniqsa, Birinchi jahon urushi arafasida, vatanparvarlik ruhidagi asarlari – “Chex qoʻshiqlari” (1910), peyzaj lirikasi – “Oʻrmonlar, tepalar va suvlar kitobi” (1914) va “Yangi qoʻshiqlar” (1918 yilda nashrdan chiqqan) toʻplamlari bilan dovruq qozongan. XX asrning 30-yillarida chex va slovak madaniyatlarining fashizmga qarshi yagona jabhasini yaratishda qizgʻin ishtirok etib, “Yurak va bulutlar” (1935) toʻplami va boshqa sheʼrlarida fashizmga qarshilik ruhini badiiy yorqin ifodalagan. Ishgʻol yillarida yaratgan asarlari “Tubsiz yil” (1945) va “Oʻlat tekkan yillar” (1946) toʻplamlarida jamlangan. Ushbu qaydlarning oʻziyoq shoirning hayoti va ijodi qanchalik boy, shu bilan birga, qarama-qarshiliklarga toʻla boʻlganini, eng muhimi esa, faol va samarali kechganini bildirib turadi.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/stanislav-kostka-neyman-1875-1947/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x