KOLLAGEN KASALLIKLAR

KOLLAGEN KASALLIKLAR, kollagenozlar — biriktiruvchi toʻqima (kollagen tolalari) va tomirlarning sistemali zararlanishi bilan kechadigan kasalliklar. Ularga revmatizm, revmatoid poliartrit, sistemali kizil volchanka, sklerodermiya, dermatomiozit, tugunchali periarterit kiradi. Kollagen kasalliklar kattalarda ham, bolalarda ham kuzatiladi. Bunda, koʻpincha, isitma, boʻgʻim, teri, seroz parda (boʻgʻim oldi xaltasi, plerva, perikard, qorin pardasi), ichki aʼzo va markaziy nerv sistemasining zararlanishi kuzatiladi; qonda ham sezilarli oʻzgarishlar (leykotsitoz, neytrofilyoz, eritrotsitlar choʻkish tezligi — ECHTning oshishi) roʻy beradi; biokimyoviy koʻrsatkichlar (mukoproteidlar, kislota, fibrinogen va b. moddalar) tanachalarning shu organizm toʻqimalariga agressiv taʼsiri bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Kasallikning boshlanishi oʻtkir boʻlib, keyin surunkali kechadi, qayta zoʻrayish davri susayish davri bilan almashinib turadi va kasallik kuchayib boradi. Kollagen kasalliklarning zoʻrayishiga sovqotish, infeksiya manbai borligi (mas, surunkali tonzillit, kasallangan tishlar va h. k.) sabab boʻlishi mumkin. Kasallik oqibati ichki aʼzolar (yurak, oʻpka, buyraqlar) va markaziy nerv sistemasining qanchalik zararlanganligiga xam bogʻliq. Davos i: dori-darmonlar, davo fizkulturasi, fizioterapiya muolajalari, kasallikka qarab rejim buyuriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x