KOLLIZION HUQUQ

KOLLIZION HUQUQ — turli dav latlarning qonunlari (tashqi Kollizion huquq) yoki bir davlatning normativ aktlari (ichki Kollizion huquq) oʻrtasidagi kolliziya (bir-biriga zidlik)larni hal qiluvchi normalar majmui. «Kollizion huquq» atamasini dastlab 17-a. da golland huquqshunoslari qoʻllagan, 20-a. da keng tarqalgan. Tashqi Kollizion huquq xalqaro xususiy huquk tarkibiga kiradi. Bir qancha mamlakatlar (Buyuk Britaniya, AQSH va b.)da «xalqaro xususiy huquq» tushunchasi Kollizion huquq tushunchasi bilan bir xil yuritiladi. Ichki Kollizion huquq federativ davlatlarda aloida ahamiyat kasb etadi, chunki bunday davlatlarda federal ququq bilan federatsiya subyektlari huquqi oʻrtasida qarama-qarshilik paydo boʻlishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x