KAKLIK

KAKLIK (Alectoris kakelik) — qirgʻovulsimonlar oilasiga mansub qush. Ogʻirligi 370—770 g. Rangi yashaydigan joyiga mos boʻladi. Tumshugʻi, oyoqlari qizil. Narining oyogʻida kichkina toʻmtoq pixi bor. Jan. Yevropada, Kichik, Oʻrta va Markaziy Osiyoda tarqalgan. Qrimda yoʻqolib ketgan edi, hozir qaytadan iqlimlashtirilmoqda. Oʻrta Osiyo togʻlarida, togʻ yon bagʻirlarida oʻtroq yashaydi. Juda hushyor, tez yuguradi, lekin uzoq masofaga ucholmaydi. Togʻlarda yashashga moslashgan. Kaklik — monogam qush. Martda urchiy boshlaydi. Uyasini toshlar, butalar, oʻtlar ostiga quradi. 6—24 tuxum qoʻyadi. Joʻjasi tuxumdan 20 kunda chiqadi va ertasigayoq ota-onasiga ergashib yuradi. Oʻsimliklarning kurtagi, barglari, don va urugʻlari, hasharotlar, ularning lichinkalari bilan oziklanadi. Goʻshti juda mazali, ovlanadi. Dekorativ sayroqi qush sifatida toʻrqafasda boqiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x