Viktor Hyugo Prussiyaga yoʻl oladi. Chegarada:
– Nima bilan shugʻullanasiz? – deb soʻraydi anketa toʻldirayotgan jandarm.
– Yozaman, – deb javob beradi adib.
– Tirikchiligingiz nimadan, deb soʻrayapman, – deydi nazoratchi tushuntirgan boʻlib.
– Qalamdan, – deb qoʻya qoladi Hyugo.
– Ha, unday boʻlsa, – deb yengil tortadi jandarm, – “kasbi” degan joyga “qalam sotuvchi” deb yozib qoʻyamiz.
Orif Tolib tayyorladi.
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/qalam-sotuvchi/