BAYRAM KUNLARI — muhim voqealarga bagʻishlangan, anʼana sifatida nishonlanadigan, ish kuni hisoblanmaydigan kunlar. Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi kunlar bayram (dam olish) kunlari deb belgilangan: 1 yanvar — Yangi yil; 8-mart — Xotin-qizlar kuni; 21-mart — Navroʻz bayrami; 9 may — Xotira va qadrlash kuni; 1 sentyabr — Mustaqillik kuni; 1 oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni; 8 dekabr — Konstitutsiya kuni; Roʻza hayiti (Iyd al-Fitr)ning birinchi kuni; Qurbon hayiti (Iyd al-Adha)ning birinchi kuni. I. ch.-texnika sharoitlari va b. sharoitlarga (uzluksiz ishlaydigan korxonalar, obyektlarni qoʻriqlash, ularning xavfsizligini taʼminlash qabilarga) koʻra ishni toʻxtatib turish mumkin boʻlmagan joylarda, aholiga xizmat koʻrsatish zarurati boʻlgan ishlarda, shuningdek kechiktirib boʻlmaydigan taʼmirlash va yuk ortishtushirish ishlarida Bayram kunlari ishlashga yoʻl qoʻyiladi. Bayram kunlari bajarilgan ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi. Toʻlanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi. Bayram kunlari dagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otpusk) berish b-n qoplanishi mumkin. Bayram kunlari dagi ish yoxud ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi toʻlanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые