‘ Madhiyani kuylaylik ‘ bayram dasturi

‘ Madhiyani kuylaylik ‘ bayram dasturi
Saidova   Sharofat      DJumanazarovna
Xorazm  viloyati ,Urganch    shahri
21-  son  ixtisoslashtirilgan  maktab
boshlang’ich  sinf  o’qituvchisi   
ma’naviyat   soatidan   dars  ishlanma
2-sinf   36 nafar  o’quvchi
Mavzu : Madhiyam,  yangrayver!                                                
    Dars  ishlnmasi  uchun annotasiya
O’quvchilarni Vatanimizga  sadoqatli,o’z  milllati  bilan g’ururlanadigan , ma’nan   yetuk ,jismonan  kuchli  ,komil  inson qilib   tarbiyalashda  ma’naviyat  darslarining  ahamiyati  kattadir.Ushbu  dars  ishlanmasi  2-sinf  o’quvchilari uchun  mo’ljallangan.
Darsni   suhbat ,munozara  shaklida dumaloq  stol  atrofidagi  suhbat  tarzida  olib  boramiz.Darsda  aqliy  hujum,tushuntirish,ko’rsatmali  uslublardan  foydalanildi.Bunda  AKT dan ham  foydalnilib  mavzu  bo’yicha  tayyorlangan  slaydlar  namoyish  etiladi.Bunda  har  bir  o’quvchi  o’z  fikrini  erkin  bayon  eta  oldi.Darsda  hayotimizning  dolzarb  mavzulari  ,,Yot  g’oyalar  girdobiga  tushib  qolishning  oqibatlari’’ mavzusida,,Ogohloikka  da’vat’’  mavzulari  ham  ilgari  surildi.Dars  so’nggida  tinchligimizga  shukronalik  hissini  anglatish  uchun  ,,Shukrona’’ slaydi namoyish etish  mumkin.
                          Foydalanilgan  adabiyotlar
,,Odobnoma’’  darsligi
,,Yuksak  ma’naviyat  yengilmas  kuch’’ I.A.Karimov
,,Sinf  rahbari’’  oynomasi
  Ma’naviyat soatidan dars  ishlanma
Mavzu : Madhiyam,  yangrayver!                                                 2-sinf
O’zbekiston Respublikasi  Davlat  madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan
Maqsad:
Ta’limiy:o’quvchilar mustaqillik bergan ne’matlarning qadriga yetish, Vatanimizga sodiq bo’lish muqaddas burch ekanini didaktik materiallar orqali bilib oladilarTK-1hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish; TK-2media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish,TK-3 kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish
Tarbiyaviy:bolalani  Davlat   ramzlariga , ona Vatanga bo’lgan muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalanadilar;tinchlikka shukronalik  hissini shakllantirish:TK-4 Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish layoqatlarini shakllantirish
Rivojlantiruvchi:O’quvchilarning erkin fikrlash  qobiliyatlarini  rivojlantirish
 Dars  turi: mustahkamlovchi, yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars usullari:  suhbat-munozara, taqdimot, savol-javob.
Dars jihozi:Klaster,mavzuga mos bukletlar. Tarqatma materiallar, rasmlar, Vatan ramzlari haqidagi slaydlar, DVD – disk.
Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.
Shavkat  Mirziyoyev
  Darsning borishi
1.Tashkiliy qism
(Dars o’quvchilarning she’riy salomi bilan boshlanadi)
O’quvchilar:Assalomu alaykum, aziz ustozim,
Hamisha biz sizga qilamiz ta’zim.
O’qituvchi:  Valaykum assalom, bolajonlarim,
Ishonchim, quvonchim, aziz o’quvchilarim.
(O’quvchilar ijrosida davlatimiz madhiyasi kuylanadi).
O’quvchilar davomati, salomatligi, sana aniqlab olinadi. O’quvchilarning o’tilgan  mavzu yuzasidan  bajarib  kelgan  topshiriqlarini  so’raymiz
2.Asosiy qism.O’qituvchi: — Bolajonlarim, bugungi darsimizni sermazmun o’tkazish uchun qanday tilaklar bildirasiz?
( 3 – 4 nafar o’quvchi tilaklar bildiradi).
  • Aziz sinfdoshlarim , men barchangizga quvnoq kayfiya t tilayman!
  • Men esa barchangizni hushyor, intizomli,bo’lishga va o’zgalar fikrini diqat bilan tinglashga chaqiraman.
O’qituvchi: — 2017-yil yurtboshimiz tomonidan qanday yil deb e’lon qilingan
O’quvchi:”Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari ‘’yili
O’qituvchi: Barakalla. Hozir kimning ko’proq sinchkov, kuzatuvchan ekanini sinovdan o’tkazamiz. Qani aytinglarchi, Yurtimizda qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?Bularning bari kimning tashabbusi bilan amalga oshirildi?
Harakatlar strategiyasi dasturi bo’yicha qilinayotgan ishlar haqida suhbat qilamiz.
Mana bu quyosh  nurlarida  savollar  berilgan ,undagi  savollarga to’g’ri  javob bersangiz  osmonimizdagi  quyosh charaqlab ketadi.
O’quvchilar nurlar  orqasida  berilgan savollarga  javob  beradilar  va nurlarni  joyiga  yelimlaydilar
 1-savol ‘Yo’l  belgilari  haqida  nimalarni  bilasiz?
2-savol:Bola  huquqlarini  Himoya qilish  to’g’risidagi  Konvensiya  qachon  qbul  qilindi?
3-savol:Ta’lim  olish  huquqlaringiz  qaysi  moddalarda  ko’rsatilgan?
4.Yo’l  belgilarini  qanday  guruhlari  bilan tanishdik?
5.Konstitutsiyamiz  qachon  qabul  qilingan?
6.Davlatimiz  bayrog’i  qachon  qabul  qilingan?
7.Madhiyamiz  qachon  qabul  qilingan?
Dunyoda  bo’lib  turgan  voqealarga  e’tibor  qaratamiz.
Doira stol  atrofida  ‘’XXI asr  fitnasi’’ hujjatli  film
to’g’risida  munozara  olib  boramiz.O’quvchilar  ko’rganlari
bo’yicha olgan  taassurotlarini  gapirib  beradilar.Rag’bat  kartochkasi
 sifatida ularga  tabassum (smayliklar) bilan  rag’batlantirib  boramiz.
3.Yangi mavzu bayoni.
Yangi  mavzuni  e’lon  qilib  doskaga  yozamiz.Madhiya  nima ?
Madhiya bu madh  aylash, ulug’lash,kabi  ma’noni  anglatadi.
O’zbekiston  Respublikasinig Davlat  madhiyasi 1992 – YIL 10-dekabr kuni Oliy  kengashning  XI sessiyasida  qabul  qilingan.Madhiyamiz muallifi A,dulla Oripov,bastakor Mutal Burxonov.
O’quvchilar  bilan munozara.Madhiyamizda  nimalar  haqida  kuylangan?
O’quvchilar  o’z  fikrlarini  bildiradilar.O’quvchilar  fikrlarini  umumlashtiramiz..
O’qituvchi: — Mening judayam aqlli, zukko bolalarim,Yurtimizdagi yangilanishlarga befarq emasligingizni namoyish etdingiz.Rahmat sizlarga Vatanimizni qanchalik sevishingizni isbotladingiz. Keling  ,Vatanimiz  haqidagi  videorolikni  tomosha  qilamiz( “O’zbekiston – Vatanim” qo’shig’i ijro etiladi).
O’qituvchi:Vatanni sev, tuprog’ini o’p,
Har qarichi muqaddas bizga.
Cho’lidagi hatto quruq cho’p,
Jondan aziz yuragimizga.
  • Aziz bolajonlarim, O’zbekiston qanday davlat?
O’quvchi: — Mustaqil davlat.
O’qituvchi: Mustaqilligimiz qachon e’lon qilingan?
O’quvchi: — O’zbekiston mustaqilligi 1991-yil 31- avgustda e’lon qilingan.
O’qituvchi: — Qani aytingchi, 26 yil ichida davlatimiz nimalarga erishdi? (Slaydlar  asosidaDavlat ramzlari, mustaqilik odimlari, sport yo’nalishida erishilgan yutuqlar haqida o’quvchilar bir-birlari bilan savol – javob qilishadi).  
4.Mustahkamlash 1-Prezidentimiz   “Bizdan kelajak avlod  uchun ozod va obod Vatan qolsin”, degan fikrlarini sizga ishonch bilan, a’lo o’qishlaringizga oq yo’l tilab bildirganlar.
O’qituvchi: — Bolajonlarim, bugungi darsimiz sizga yoqdimi? Darsda yana nimalarni bilishni hohlardingiz?Unday  bo’lsa dars  haqidagi  va video rolik  haqidagi   fikrlaringizni  ‘’TINCHLIK’’  kemamiz  yelkanlariga  yozib yelimlaymiz.
5.Dars yakuni. O’qituvchi: — Aziz bolajonlarim, bugungi darsimizning sermazmun, qiziqarli o’tishida yordam berganingiz uchun barchangizga rahmat aytaman. ( Dars yakunida  faol qatnashgan o’quvchilar reyting asosida baholanadi va rag’batlantiriladi.)         6.Uyga vazifa. Davlat  ramzlari    haqida ijodiy ish tayyorlab
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x