BAYRAMXON
Ruboiylar
* * *
Bayramgʻa base gʻariblik kor etti,
Gʻurbat ani xoru zoru bemor etti.
Yorabki, balolargʻa giriftor oʻlsun,
Har kimki ani gʻamga giriftor etti.
* * *
Koʻz ravshani, yori dilsitonim boradur,
Jon gulshanidin sarvi ravonim boradur,
Bu xasta agar qoldi aning qullugʻidin,
Sen qolmagʻil, ey koʻngulki, jonim boradur.
* * *
Bazmingki, nigorxonai Chin oʻlgʻay,
Anda tarabu nishot oyin oʻlgʻay.
Majlis begiu gʻayrgʻa yuz bastu nishot,
Ne vajh ila Mir basti gʻamgin oʻlgʻay.
* * *
Joʻyandai ayshu inbisotingdurmen,
Xohoni farogʻatu nishotingdurmen.
Sen muxtalit oʻlmading, yoʻq ersa men zor,
Billahki, xarobi ixtilotingdurmen.
* * *
Ne din gʻamidin dame parishondurmen,
Ne kufr hujumidin harosondurmen.
Butxonau masjid manga yakson koʻrunur,
Goʻyoki, ne kofir, ne musulmondurmen.
* * *
Sen borgʻali kam emasdur, ey toza nihol,
Koʻzda namu, xotirda gʻamu, jonda malol.
Bu hol bila boʻlmasa ummidi visol,
Yorabki, ne boʻlgʻay edi men xastagʻa hol?!
* * *
Avval meni xidmatinggʻa mahram qilding,
Bazming aro hamzabonu hamdam qilding,
Oxir yana iltifotni kam qilding,
Rasvoyi tamomi ahli olam qilding.
* * *
To chand gʻamingda iztirob etgaymen,
Hajr oʻtida bagʻrimni kabob etgaymen.
Xatingni koʻrub chu qolmadi hush manga,
Maʼlumki, ne navʼ javob etgaymen.
* * *
Ham xutba zaboningga muayyan boʻlsun,
Ham sekka oting bila muzayyan boʻlsun.
To zulmatu nur boʻlgʻusi, jumla jahon –
Xurshedi jamoling bila ravshan boʻlsun.
* * *
Hajringni xayol qilmoq mushkil,
Sendin talabi visol qilmoq mushkil.
Holimni sanga arz qilsam deydurmen,
Ammo sanga arzi hol qilmoq mushkil.
Fardlar
* * *
Ey pariroʻ, bandai zulfi parishoning boʻlay,
Ey sihi qad, sadqai sarvi xiremoning boʻlay.
* * *
Eyki sarvi boʻstoni eʼtidolimsen mening,
Noz birla parvarish topqon niholimsen mening.
* * *
Ey pari paykarki, umri jovidonimsen mening,
To tirikmen sendin ayrilmonki, jonimsen mening.
* * *
Toji siyah emasdur ul dilsiton boshida,
Solmish humoy soya sarvi ravon boshida.
* * *
Sarigʻ niqobu qizil toj birla ul qaddi zebo,
Qoʻrunur oʻylaki yearv uzra gʻunchai guli raʼno.
https://saviya.uz/ijod/nazm/noz-birla-parvarish-topqon-niholimsen-mening/