Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
Agar senga sifatli xizmat qilishlarini xohlasang, oʻzingga oʻzing xizmat qil.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
Soʻzlarida mantigʻi yoʻq kishi bilan suhbat qilishga urinish oʻlik jasadga dori berishga urinishga oʻxshaydi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
Nafsga ogʻir keladigan narsalardan biri – aytishga muhtoj boʻlib turgan narsangni yashirishingdir.
Najib Mahfuz
Qisqacha qilib aytganda, odamlarga sen haqingda koʻp narsa bilishlariga imkon berma!
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
Maymunlar mashinani egallab oldilar. Lekin ular uni boshqara olmaydilar. Egallab olish degani, uni yaxshi boshqarish degani emas. Bosib oluvchilar, tortib oluvchilar, egallab oluvchilar juda koʻp, ammo uni eplab boshqara oladiganlar juda noyobdir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
Zakovating oshgani sayin (atrofingda boʻlayotgan nohaqliklarni koʻrib) gʻam, nojamliging ham oshib boradi. Ahmoqlar esa hech narsaga eʼtibor bermay, shodu xurramlikda xursand boʻlib yuraveradilar.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
Koʻpincha sen eshitishni xohlamayotgan nasihat, aslida sen muhtoj boʻlgan (eshitishing kerak boʻlgan) nasihatdir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
Biroz sabr qil. Yolgʻonlar uzoq yashamaydi. Haqiqat esa zamon oʻtishi bilan koʻrinadi. Sen yaqin orada buni tushunib yetasan.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
Boʻri arslon va yoʻlbarsdan zaifroq hayvon. Lekin u hech qachon sirkda tomosha koʻrsatmaydi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/odamlarga-sen-haqingda-kop-narsa-bilishlariga-imkon-berma/