“Ichi kir odam pok insonlarning borligini hazm qila olmaydi”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

 

*****

Yaxshi koʻrishimiz xatolarni koʻrishdan koʻzlarimizni “koʻr” qilib qoʻyadi. Yomon koʻrish esa haqiqatlarni koʻrishdan koʻzlarimizni “koʻr” qilib qoʻyadi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Umrim oʻtgani sayin odamlarning gaplariga eʼtiborim kamayib borib, (aytadigan gaplariga nechogʻli) amal qilishlarini koʻrish bilan kifoyalandim.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Qoloqlikning eng muhim sabablaridan biri – biror vazifani oʻsha ishning mutaxassisi boʻlmagan kishiga topshirishdir.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Ichi kir odam (jamiyatda) pok insonlarning borligini hazm qila olmaydi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Baxil kimsa ochlikdan vafot etsa, uning farzandlari meʼda sustligi (ovqatni hazm qila olmaslik) kasalligidan oʻladilar.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Har qanday munosabatning boshida hissiyotlar, oxirida esa axloq koʻrinadi.

Najib Mahfuz

*****

Aqlning quvvati haqiqatni koʻtarishiga qarab oʻlchanadi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Orzu tuzga oʻxshaydi. Tuz oʻzi qorinni toʻydirmaydi, lekin taomga maza kiritadi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Oqil odam fikrlari haqida gapiradi. Zakiy odam amallari haqida gapiradi. Ahmoq esa yegan taomlari haqida gapiradi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Sening yoningda yuradigan baʼzi shaxslar aslida senga emas, oʻzlarining sendagi ehtiyojlariga muxlisdirlar. Ishlari bitishi bilan ixloslari ham oʻzgaradi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Goh-gohida hammadan uzoqlashib, birorta odam topolmaydigan joyga ketib, yolgʻiz boʻlishni istab qolamiz.

Shams Tabriziy rahimahulloh

*****

Oʻgʻling sening ikkinchi imkoniyatingdir. Yoʻqotganlaringni u bilan toʻldir.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Modomiki tirik ekansan, nafsing bilan kurashishni toʻxtatma!

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Farzandlarni bino qilish (tarbiya qilish) ularga bino qurishdan muhimroqdir.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

https://saviya.uz/ijod/nasr/ichi-kir-odam-pok-insonlarning-borligini-hazm-qila-olmaydi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x