ENSEFALOMIYELIT

ENSEFALOMIYELIT (yun. — bosh miya va — orqa miya) — bosh va orqa miyaning bir vaqtda yalligʻlanishi. Ensefalomiyelit koʻpchilik yuqumli va neyroallergik, toksik kasalliklarda markaziy nerv sistemasining zararlanishidan kelib chiqadi. Ensefalomiyelitni viruslar ham qoʻzgʻatadi. Ensefalomiyelitda bosh va orqa miyada oq va kulrang moddalar, qon tomirlarning yalligʻlanishi, miyelin pardaning yemirilishi va boshqalar roʻy beradi. Miyelin parda boʻlmasa nerv tolalari orqali impulslar oʻtmay qoladi, natijada nerv tizimining koʻpgina boʻlimlari izdan chiqadi. Ensefalomiyelit odam va hayvonlarda (asosan, ot va boshqalar) uchraydi. U turli infekniyalar, intoksikatsiya oqibatida vujudga kelishi, shuningdek, mustaqil kasallik tarzida (mas, birlamchi oʻtkir tarqoq Ensefalomiyelit) kechishi mumkin. Shunga koʻra, neyrotrop viruslar qoʻzgʻatadigan birlamchi Ensefalomiyelit hamda biror yuqumli kasallikdan yoki ogʻir yuqumli kasallikka qarshi organizmga vaksina yuborilgandan soʻng yuzaga keladigan ikkilamchi Ensefalomiyelit ajratiladi.

Birlamchi Ensefalomiyelitni neyrotrop viruslar qoʻzgʻatadi. Kasallik toʻsatdan boshlanib, bemor qattiq isitmalaydi, boshi, qoʻloyoqlari ogʻriydi, boshi aylanadi, qayt qiladi, koʻzi xiralashadi. Muskullar tonusi va reflekslar kuchayadi, baʼzi bemorlarning qoʻloyoqlari falajlanadi, harakatlari poymapoy boʻlib, gandiraklab yuradi, nozikroq harakatlarga (mas, yozish, kiyimini tugmalash va boshqalar) qoʻli qovushmay qoladi, qoʻloyoqlari qaltiraydi. Nafas olish va yutish faoliyati buziladi; bemor nutqi oʻzgarib, ravon gapira olmaydi, ovqat yeganda qalqiydi va h. k. 2—3 oydan soʻng kasallik ancha yengillashadi, ammo harakatdagi oʻzgarishlar butunlay yoʻqolmaydi. Baʼzan Ensefalomiyelit faqat orqa miyaning oʻzida oʻtadi, bunda orqa miyani qaysi qismi zararlanganligiga qarab kasallikning klinik koʻrinishi ham unga xos boʻladi, mas, boʻyin qismida boʻlsa ikki qoʻl va oyoqlarda falajlar; bel qismida — ikki oyoqlarda periferik yoki atrofik «lanj, boʻsh» falajlar kuzatiladi.

Ikkilamchi Ensefalomiyelitga kiradigan postvaksional Ensefalomiyelit kam uchraydi. U quturish kasalligiga qarshi emlangandan 10—20 kun oʻtgach paydo boʻladi. Bunda bosh va orqa miyadan tashqari periferik nervlar va bosh miya poʻstloqlari ham zararlanadi. Dastlab, bosh, soʻng bel ogʻrib, bemor isitmalaydi. Keyinchalik qoʻloyoqlar falajlanib, siydik tutiladi va h. k. Oʻz vaqtida davolansa bemor sogʻayib ketadi.

Davosi. Ensefalomiyelitda bemor tezda kasalxonaga yotqiziladi va kasallik alomatlariga qarab doridarmon va boshqalar muolajalar buyuriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x