ERKMAN-SHATRIAN — hamkorlikda ijod etgan ikki fransuz yozuvchisining nomi: Emil Erkman (1822.20.5, Falsbur — 1899.14.3, Lyunevil) va Sharl Lui Gratyen Aleksandr Shatrian (1826.18.12, LeGranSolda — 1890.3.9, Vilmombl). Ularning adabiy hamkorligi 1848-yildan boshlangan. Dastlabki asari — «Afsonaviy qissa va ertaklar» (1849). «Mashhur doktor Mateus» (1859) ilk romani keng shuhrat qozongan. Adabiy merosining asosiy qismini milliy tarixiy romanlar («Aqlsiz Yegof…», 1862; «Terezaxonim», 1863; «Vaterloo», 1865; «Qamal…», 1867; «Bir dehqon tarixi», 1868—70 va boshqalar) tashkil etadi. «Xalq farzandi tarixi» romani (1865) Parijdagi 1848 yil voqealariga bagʻishlangan. Pyesa, opera, librettolar ham yozishgan.
Ad.: 3olya Erkman-shatrian, Erkman-Shatrian, Sobr. soch., t. 24, M., 1966.