EPIFIZ (yun. — ortiq, doʻmboq) — 1) miyaning yuqori qismidagi oʻsimta, «gʻuddasimon bez». Odam va umurtqali hayvonlar oraliq miyasining yuqori yuzasida joylashgan. Epifiz, asosan, yosh individlarda yaxshi rivojlangan. Eksperimental va klinik kuzatishlar Epifizning olib tashlanishi yoki strukturasining oʻzgarishi erta jinsiy yetilishga va anormal oʻsishga sabab boʻlishini koʻrsatadi; 2) uzun naysimon suyaklarning boʻgʻim uchlari.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые