“Agar boshqalarning ogʻriqlarini his qilsang, demak sen insonsan”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

*****

“Bu ishni bajara olmaysan” deganlarida sening emas, oʻzlarining imkoniyatlaridan kelib chiqib gapirayotgan boʻladilar.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Juda gʻazablanib turganingda qaror qabul qilma.

Juda xursand boʻlib turganingda vaʼda berma.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Qiyin vaziyatlar boʻronlarga oʻxshaydi. Boʻronlar barglarni toʻkilishiga sabab boʻlganidek, ogʻir vaziyatlar yuzdagi niqoblarning toʻkilishiga sabab boʻladi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Agar ogʻriqni his qilsang, demak sen tiriksan. Agar boshqalarning ogʻriqlarini his qilsang, demak sen insonsan.

“Hikmat durdonalari”

*****

  • Farzandlaringizni qanday qilib telefon, planshet oʻynashni toʻxtatib, uning oʻrniga kitob oʻqishga koʻndirdingiz?
  • Bolalar bizni eshitmaydilar, balki bizga taqlid qiladilar.

“Dunyo ajoyibot va gʻaroyibotlari”

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

https://saviya.uz/ijod/nasr/agar-boshqalarning-ogriqlarini-his-qilsang-demak-sen-insonsan/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x