EKSSUDAT (lot. — tashqariga chiqaman, ajralaman) — yalligʻlanish tufayli mayda venalar va kapillyarlardan atrofdagi boʻshliq va toʻqimalarga sizib chiqadigan suyuqlik. Tarkibida oqsil, leykotsitlar, eritrotsitlar va koʻpincha mikroblar boʻladi. Ekssudat hamma yalligʻlanish jarayonlarida hosil boʻlib, tana boʻshliklarida toʻplanadi. Ekssudat atrofdagi toʻqimalarni siqib, ular faoliyatining buzilishiga, yalligʻlanish oʻchogʻidan toʻqimalarga yorib oʻtganda infeksiya tarqalishiga sabab boʻladi. Tarkibiga koʻra, Ekssudatning seroz, yiringli, qonli, fibrinoz va h. k. turlari ajratiladi. Oʻz vaqtida toʻgʻri davo qilinsa, Ekssudat hech bir asoratsiz, batamom soʻrilib ketadi. Ekssudat shish bilan kechadigan kasalliklarda kuzatiladigan transsudatdan farklanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые