MAXMUR

MAXMUR (taxallusi; asl ismsharifi Maqmud Mulla Shermuhammad oʻgʻli, ?—Qoʻqon — 1844) — oʻzbek mumtoz adabiyoti namoyandalaridan biri. Shoir Mulla Shermuhammad Akmal Hoʻqandiyning oʻgʻli. Qoʻqondagi Madrasai Mirda tahsil olgan. Umarxon qoʻshinida sarbozliksipohiylik qilgan. Maxmur yoshligidan sheʼriyatga havas qoʻyib, Saʼdiy, Hofiz, Jomiy, Navoiy merosini oʻrgangan.

Shoirning shaxsiy hayoti juda ogʻir kechgan, bu esa uning ijodida ham yorqin iz qoldirib, koʻpchilik sheʼrlarining mazmunruhiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Maxmur tabiatan munofiqlik va riyokorlikni qatʼiy qoralovchi, hiylanayrang va qingʻir ishlarni yoqtirmaydigan, ayni zamonda, nozik did va serjahl, oʻz qadrqimmatini yuqori tutuvchi inson boʻlgan.

Maxmurning anʼanaviy devon tuzganligi nomaʼlum. 1950-y. da Poʻlatjon Qayumov va Asqarali Charxiylar izlanishlari tufayli Qoʻqonda Maxmurning oʻzbek va forsiy tillardagi sheʼriy majmuasi to-pilgan. Maxmur asarlarining deyarli hammasi oʻz mazmun va ruhiga koʻra, hajviy va tanqidiy yoʻnalishdadir. Mumtoz sheʼriyatning gʻazal, masnaviy, muxammas va qasida turlarida yaratilgan bu asarlar milliy adabiyotda ijtimoiy hajviyotning Maxmur ijodida yanada yuksak pogʻonaga koʻtarilganini koʻrsatadi. Shoir oʻz davridagi tuzumning koʻpdan-koʻp illatlarini keskin tanqid ostiga olgan, oʻsha zamondagi adolatsizlik, zoʻravonlik va huquqsizlikni fosh etgan. Bu tanqid, koʻpincha, «jafokor falak», «berahm charx» qilmishidan oʻtli shikoyat, achchiq taqdirdan, befayz hayotdan nolafigʻon tarzida yuzaga kelgan.

Qishloq ahlining och-yalangʻoch hayoti, oʻlkani qurshagan vayronagarchilik, xarobazorlarga aylangan qishloklarning ayanchli manzarasi «Hapalak» satirasida jonli va taʼsirchan chizilgan. Unda shoir juda katta ijtimoiy mazmunni oʻziga xos ramziy obrazlarda, xalqona qochiriq va achchiq kino-yalar, imo-ishoralar vositasida esda qolarli darajada badiiy mahorat bilan ifodalay olgan. Maxmurning xalq soʻzlashuv tiliga koʻchib, maqolmatallar doirasidan mustahkam oʻrin olgan «Tovuqi ignachiyu oʻrdagu gʻozi — kapalak!; Bir katak, ikki kapa, uch olachuq, toʻrt katalak!; Xalqini koʻrsang agar oʻlasiyu qoqu xarob,ochlikdan egilib qomati misli kamalak» kabi misralari Hapalak qishlogʻining xarobaga aylanganini (shoirning onasi shu yerlik boʻlgan), dehqonlarning esa oʻta qashshoq hayotini ishonarli gavdalantiradi. Vayrona qishloqlar va bechora dehqon ahli mav-zui Maxmurning boshqa sheʼrlarida ham shu tarzda tanqidiy ruxda hayotiy taxlil etilgan.

Maxmurning koʻpgina hajviy sheʼrlari zamonasidagi aniq shaxslarga qaratilgan: «Isqotiy», «Amakim», «Xoʻja Mir Asad hajvi», «Hajvi Atoyi poraxoʻr», «Qozi Muhammad Rajab Avj sifatlari» va b.

Maxmur ijodiy merosida hajv sanʼatining murakkab, ayni zamonda, mahsuldor va yorqin usullaridan biri — oʻz-oʻzini fosh etish usulida yaratilgan asarlar alohida oʻrin tutadi. Shoirga zamondosh tarixiy shaxslar — yuqori lavozimli amaldorlardan Hoji Niyoz, Hakim Turobiy, Mulla Yaʼqub Xoʻjandiy kabilarning jirkanch tabiati va qabih amaliyijtimoiy faoliyatlarini ayovsiz fosh etuvchi hajviyalar bu turkumning yetuk namunalaridir.

Shoir qoldirgan adabiy meros ichida «Karimquli Mehtarning sifatlari» deb nomlangan masnaviy alohida oʻrin tutadi. Tarixan hayotda boʻlgan vo-qeani badiiy bayon etuvchi bu asarda shoir mohir hajviy — hazil sheʼr ustasi sifatida namoyon boʻladi. Karim-quli Mehtar tomonidan oʻziga ajratilgan sovgʻa — otni taʼriflash jarayonida hajviy tasvirning goʻzal lavhalarini yaratadi. «Suv ham ichsa tamogʻiga tiqilar, Pashsha gar qoʻnsa yoliga yiqilar» darajasida qirchangʻi boʻlgan, «kunda yetti noʻxta uzar, misli qoʻchqor suzar, ogʻzida tishdin asar yoʻq» ot taʼrifida Maxmur xalqogʻzaki ijodining lof, askiya turlari ruhi va uslubida quv-noq misralar bitadi («Ham harishu ham xarobu ham badnom, Ikki ming ayb angadur mudom…»).

Maxmur — zullisonayn shoir. Fors tili va sheʼriyatini mukammal bilgan. Bir qancha forsiy asarlar ham yaratgan. Uning merosida Sharq sheʼriyatining mulamma va shiru shakar turlarining namunalari mavjud. Maxmur ijodiy faoliyati oʻzbek mumtoz adabiyotida tanqidiy yoʻnalishning, ayniqsa, hajviyotning taraqqiyotida navbatdagi yuqori bosqich boʻldi.

Maxmurning hajviy sheʼrlar devoni saqlangan, unda 69 asar (3417 misra) jamlangan, lirik asarlari esa bayozlarda uchraydi. Maxmur adabiy merosi keyingi davrlar qalam ahli, xususan, hajv-goʻylar ijodiga jiddiy taʼsir koʻrsatgan. Muqimiy va Yaodgshlarning Hapalak qishlogʻi haqidagi hajviyaga taxmis bogʻlaganliklari, Maxmur yumoristik tahlil etgan qirchangʻi ot mavzuida 19-a. oxirlari va 20-a. boshlarida koʻplab hajviy namunalarning paydo boʻlishi xulosa uchun ishonchli dalildir.

As: Tanlangan asarlar, T., 1951; Sheʼrlar, T., 1959.

Ad:. Qayumov A., Qoʻqon adabiy muhiti, T., 1961.

Abdurashid Abdugʻafurov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x