MATLA

MATLA (arab. — chiqish oʻrni, asosi) — 1) aruzda yozilgan lirik sheʼr, asosan, gʻazallarning birinchi bayti. Bundagi har ikki misra oʻzaro qofiyadosh (a-a) boʻladi. Keyingi baytlarning ikkinchi misralari Matlaga qofiyadosh boʻlib keladi (b-a, v-a, g-a, d-a va h.). Bordi-yu gʻazalning ikkinchi bayti ham uning Matla baytiga toʻliq qofiyadosh qilib tuzilsa, u sanʼatkorlik hisoblanadi va bunday sanʼat «Zebi matla» (matlaning yarashigʻi, zebi) deb ataladi. Uning qofiyalanish tartibi quyidagicha: a-a, a-a, b-a, v-a va b. Husni matladagi bayt M. dagi fikrga har jihatdan hamohang boʻlishi talab qilinadi. Oʻzbek sheʼriyatida bu sanʼatni birinchi boʻlib Navoiy qoʻllagan;

2) musiqada kuy va ashulalarning boshlangich qismlari ifodasi, musiqa terminologiyasida daromad deb ham yuritiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x