MATU-GROSU-DU-SUL

MATU-GROSU-DU-SUL — Braziliyaning jan.-gʻarbiy qismidagi shtat, Boliviya va Paragvay bilan chegaradosh. Mayd. 358,1 ming km2. Aholisi 2,07 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kampu-Grandi sh. Shtat Braziliya yassitogʻligining jan.-gʻarbiy chekkasi va Pantanal botigʻining jan. da joylashgan. Yozi sernam, tropik iqlim. Oʻrtacha oylik t-ralar 22—26°. Yillik yogʻin 1000— 1800 mm. Shtat jan. da tuprogʻi toʻq qizil laterit tuproq. Oʻsimliklari past boʻyli savannalar, daryo vodiylari oʻrmonlar, Pantanal tropik botqoqliklardan iborat. Iqtisodiyotining asosini q. x. tashkil etadi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Sholi, soya, makkajoʻxori, bugʻdoy, dukkakli ekinlar ekiladi, kofe plantatsiyalari bor. Baliq ovlanadi. Korumba sh. yaqinida yirik temir va marganes rudasi konlari topilgan. Toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari va sopol buyumlar ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari: Kampu-Grandi va Korumba sh. lari. Asosiy aloqa Parana va Paragvay daryolari va ularning irmoqlari, t. y. va havo transporta orqali amalga oshiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x