PETROKIMYO — petrografiya (petrologiya) sohasiga oid fan, magmatik togʻ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallarda ki-myoviy elementlarning taqsimlanishini oʻrganadi. «Petrokimyo» tushunchasini rus oli-mi A. N. Zavariskiy taklif ettan (1944). Petrokimyo mustaqil fan sifatida petrografiya va kimyo fanlari chegarasida vujudga keddi. Togʻ jinslari tabiiy kompleksining kimyoviy oʻziga xos xu-susiyatlarini qiyoslash yoʻli b-n ularning turli-tumanligi sabablari aniqlanadi, kimyoviy tasnifi tuziladi. Petrokimyo tadqiqotlari natijalaridan magmatik va kristallizatsion differensiatsiya hodisalarini, assimilyatsiya jarayonlarining magmatik kompleksdagi jinslar mutanosibligiga taʼsirini, ruda hosil boʻlishi bilan magmatizmning bogʻliqligini oʻrganishda foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые