DO`STLARGA ULASHING:
«Tish toshlari» haqida
Ko‘pchilik tish toshlari haqida so‘rashyapti. Bugun tish toshlari haqida sizni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘taman. Xalqimiz tilidagi «tosh» tushunchasi tibbiyotda qattiq karash deyiladi.
«Tish toshi» u nima va qayerdan paydo bo‘ladi ? — Bu siz yegan ovqat qoldiqlari bilan so‘lak tarkibidagi kalsiy, magniy va apatitlarning o‘zaro aralashib, birgalikda minerallashib qotib qolgan ko‘rinishi. Sodda qilib tushuntirganda: OVQAT QOLDIG‘I + SO‘LAK = TISH TOSHI
Tish toshlari qaysi tishlarda ko‘proq bo‘ladi? — Siz yaxshi yuvmaydigan va so‘lak ko‘p turib qoladigan sohada. Bu asosan pastki jag‘ tishlarning ichki yuzasiga to‘g‘ri keladi. Bu soha ko‘zga tashlanmagani uchun hech kim e’tibor bermaydi. Ishonmasangiz tekshirib ko‘ring.
3. Hammada ham tish toshi bo‘ladimi? — Deyarli hammada. Kimdadir tez va ko‘p, kimdadir sekin va kam hosil bo‘ladi. Bu og‘iz gigiyenasiga hamda so‘lak tarkibiga bog‘liq. Ayniqsa chekuvchilarda juda tez rivojlanadi.
4. Tish toshini uy sharoitida yo‘qotish mumkinmi? — Yuq, tosh paydo bo‘lgan bo‘lsa faqat stomatolog qabulida «Professional gigiyena» orqali yuqotish mumkin. Uyda faqat profilaktika uchun tishlarimizni toza saqlasak yetadi.
5. Tish toshi bilan yuraversa nima bo‘ladi? — Yuraversangiz birinchidan tish kalsiy bilan yaxshi oziqlana olmaydi. Chunki tishlarimiz katta miqdordagi kalsiyni so‘lakdan oladi. Tish toshi esa tish yuzasiga yopishib tishni so‘lakdan ajratib qo‘yadi. Shuningdek tish toshidan mikrob, bakteriyalar yaxshigina uy-joy sifatida foydalanadi. Oxir-oqibat milk bilan bog‘liq kasalliklar, buyrak kasalliklari, angina va boshqa surunkali kasalliklar orttirib olishingiz mumkin.
A’zizlar o‘zingiz uchun xulosa chiqarib oldingiz degan umiddaman!
Hurmat bilan Doktor Mo‘minov.
Telegram kanalim: @doctor_Muminov