AVTOMAT SHLAGBAUM

AVTOMAT SHLAGBAUM — t. y. ning avtomashina, traktor va ot-aravalar kesib oʻtadigan joylarida qatnov xavfsizligini taʼminlash uchun ishlatiladigan qurilma. Transport oʻtadigan joyning har ikki tomoniga t. y. izidan kamida 10 m nariga oʻrnatiladi. Quyidagi qismlardan iborat: machta (minora), toʻsin, toʻsinni harakatga keltiruvchi mexanizm, signal chiroklari, ovoz signali, yoʻl koʻrsatkich taxtachalar, posangi. Poyezd transport oʻtadigan joyga yaqinlashganda Avtomat shlagbaum oʻz-oʻzidan ishlaydi va yoʻlni berkitadi, poyezd maʼlum masofaga uzoqlashgandan keyin yoʻlni ochadi (yana q. Shlagbaum).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x