EKZOFTALM

EKZOFTALM (yun. — chaqchaygan koʻz) — koʻz soqqasining chaqchayib turishi. Bunda koʻz soqqasi oldinga boʻrtib chiqadi yoki boshqa tarafga siljib ketadi. Bazedov kasalligida, koʻz soqqasining shakli oʻzgarganida yoki uning orqa tomonida joylashgan toʻqimalarda shish yoki oʻsma paydo boʻlganida, shuningdek, kalla va qoʻz kosasining suyaklarida shikastlanish roʻy berganida kuzatiladi. Ekzoftalmda koʻz soqqasi normal harakatlana olmaydi, baʼzan koʻruv nervining shikastlanishi tufayli koʻz yaxshi koʻrmaydi.

Davo Ekzoftalmga sabab boʻlgan asosiy kasallikka qaratiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x