Post Views:
96
TORKO‘CHA, Tolko‘cha – Ko‘kcha dahasidagi qadimiy mahalla. Kattahovuz, Darboza mahallalari va Bo‘zsuv kanali bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 300 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik, savdo-sotiq, bog‘dorchilik, dehqonchilik, (Ingichkako‘prik, Shofayziquloq, Ko‘kcha Oqtepasi mavzelarida) bilan shug‘ullangan. Mahallada katta hovuz, masjid, do‘konlar bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi hududining bir qismiga Gulobod dahasi, Abu Ali ibn Sino nomidagi 1-shahar klinik kasalxonasi qurilgan.
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil