ROKIROVKA [frans, roguer, asli forscha rox (shaxmatdagi rux) soʻzidan] — shaxmat oʻyinida shoh va ruxni bir vaqtda dastlabki joyidan qoʻzgʻatib (oʻrnini oʻzgartirib) qoʻyish (shohni — bir katak tashlab chapga yoki oʻngga, ruxni — shoh surib qoʻyilgan katak ustidan oʻtkazib chap yoki oʻng tomonga). Shohni oʻz tomonidagi rux bilan oʻrnini oʻzgartirib qoʻyish kichik Rokirovka, farzin tomondagi rux bilan oʻrnini oʻzgartirib qoʻyish katta Rokirovka x,isoblanadi. Rokirovkaning hoz. qoidasi 19-a. oʻrtalaridan Yevropada qoʻllanila boshlagan. «Rokirovka» termini, shuningdek, oʻzgartirishlar, joyjoyni almashtirish (Mas, siyosatdagi Rokirovka) maʼnosida qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые