ROMANOVA Valentina Nikolayevna

ROMANOVA Valentina Nikolayevna (1938.20.9, Moskva viloyati Ximki sh. — 2003.14.4, Toshkent) — raqqosa, baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1977). Toshkent xoreografiya bilim yurtini (1955), Toshkent madaniyat in-tini (1992) tugatgan. 1955—57 y. lar Navoiy teatrida balet raqqosasi, 1957—78 y. lar «Bahor» davlat ashula va raqs ansamblining yakkaxon raqqosasi, 1978—82 y. lar baletmeysteri. Uning ijrosidagi «Qoʻgʻirchoq», «Jonon», «Fargʻonacha rez», «Zang», «Andijon polkasi», «Choʻpon», «Xorazmcha raqs», «Pilla», «Rohat», «Kashtadoʻzlar», «Salom» kabi raqslar oʻzining shoʻxchanligi, harakatlarining tez va aniqligi, oʻzbek raqs maktabi texnikasining ustasi ekanligi bilan ajralib turadi. Madaniyat in-ti va Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida pedagoglik qilgan (1996-y. dan dotsent). M. Turgʻunboyeva bilan birgalikda Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1973).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x