ENDOGEN JARAYONLAR — Yer qaʼrida yer ichki kuchlarining taʼsir etishidan yuzaga keladigan geologik jarayonlar. Yer poʻstida sodir boʻladigan tektonik harakatlar, seysmik faollik, magmatizm, metamorfizm, gidrotermal jarayonlar va boshqalar Endogen jarayonlarni tashkil etadi. Yerning ichki energiyasi uning chuqur qismida radioaktiv moddalarni parchalanishidan ajralib chiqqan issiqlik, yer qatlamlaridan hosil boʻladigan gravitatsion kuchlar taʼsiri va Yerning aylanishidan yuzaga keladigan kuchlar hisobiga paydo boʻladi. Gravitatsion kuchlarning Yer poʻstida notekis taqsimlanishi unda turli zichlik hamda tektonik faolliqdagi qismlar boʻlinishi, qatlamlarning deformatsiyalanishiga va metamorfizmga uchrashiga sabab boʻladi. Shuningdek, Yer poʻstining chuqur qismlarida va yuqori mantiyada toʻplangan energiya qatlamlarning burmalanishiga, yoriqlar va uzilmalar hosil boʻlishiga, qatlamlarni yoriqlar boʻylab turli yoʻnalishlarda siljishiga, zilzilalar vujudga kelishiga va boshqalarga olib keladi. Magmaning choʻkindi yotqiziqlar ichiga joylashishi va ular bilan reaksiyaga kirishishi, flyuidlarning yoriqlar boʻylab yuqoriga koʻtarilishi va boshqalar omillar taʼsiridan turli foydali qazilma konlari hosil boʻladi. Endogen jarayonlarning rivojlanishi ayrim hollarda ekzogen jarayonlar taʼsirida vujudga keladi. Koʻpgina geologik hodisalar, foydali qazilmalarni tarkib topishi (mas, neft, toshkoʻmir va boshqalar) va strukturalarning shakllanishi ekzogen va endogen geologik jarayonlarning bir-biriga boʻlgan aloqasiga bogʻlikdir (q. Ekzogen jarayonlar).
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии