FURQAT TUMANI

FURQAT TUMANIFargʻona viloyatidagi tuman. 1992-y. 9 apr. da tashkil etilgan. Shim. dan Tojikiston Respublikasi va Dangʻara tumani, gʻarbdan Beshariq, jan. va sharkdan Oʻzbekiston tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,31 ming km2. Aholisi 88,7 ming kishi (2003). Tumanda 6 qishloq fuqarolari yigʻini (Navbahor, Tomosha, Shunqor, Qoʻqon, Gʻallakor, Gʻuncha») bor. Markazi — Navbahor qishlogʻi.

Tabiati. Relyefi pasttekislik, qir, toshloq va qumli chala choʻllar. Tuman hududi Markaziy Fargʻona choʻlida, SoʻxIsfara massivida joylashgan. Ikdimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha trasi 0°, —5°, eng past t-ra —17°, iyulning oʻrtacha trasi 29 — ZG, eng yuqori t-ra 42°. Yiliga 100 — 300 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 210—230 kun. Bahor va kuzda kuchli «Qoʻqon shamoli» esadi. Furqat tumanining shim. qismidan Sirdaryo va Qolgandaryo irmogʻi, jan. qismidan Katta Fargona kanali oqib oʻtadi. Tuproqchari surqoʻngʻir va boʻz, sugʻoriladigan oʻtloq, qumli oʻtloq va shoʻrxok tuproqdardan iborat. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, betaga, bugʻdoyiq, shoʻra, yantoq, qamish, qoʻgʻa, oq miya, qizil miya, qandim, yulgʻun, saksovul; Sirdaryo sohillarida turangʻil, tol, chingil va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, chiyaboʻri, quyon, toʻqay mushugi, echkemar, har xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan kaklik, bedana, chumchuq, zogʻcha, musicha, hind maynasi, qargʻa, toʻrgʻay, oʻrdak, sassiqpopishak, qashqaddoq, boyqush, qirgʻovul; kemiruvchilardan kalamush, yumronqoziq, ondatra va b. uchraydi. Suvlarda laqqa, ilonbaliq, sazan va b. baliklar bor. Tumanning Dangʻara tumani bilan chegaradosh qismida Abdusamat buyurtma qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus, qirgʻiz va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 286,1 kishi (2003).

Xoʻjaligi. Tumanda sanoat, qurilish, davlat tashkilotlari, koʻshma va 600 dan ziyod kichik korxonalar mavjud. «Ishonch» ipyigiruv korxonasi, paxta tozalash, gʻisht z-dlari, MTP, mahalliy sanoat korxonalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ipshab turibdi. Tuman q. x. paxtachilik, gʻallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. 5 shirkat, 600 dan ziyod fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Furqat tumani dagi sugʻoriladigan yerlarga paxta, don, sabzavot va poliz, kartoshka, beda va ozuqa ekinlari ekiladi.

Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Bogʻdorchilik (bodom, gilos, nok, shaftoli, anjir, anor, uzum), pillachilik, baliqchilik bilan ham shugʻullaniladi. Tuman hududi orqali ToshkentAndijon t. y. va Fargʻona — Oʻsh avtomagistrali oʻtgan.

33 umumiy taʼlim (qariyb 24 ming oʻquvchi), bolalar musiqa va sport maktablari, ixtisoslashgan litseyinternat, 2 kasbhunar kolleji (1900 talaba) faoliyat koʻrsatadi. Jumladan, 2004-y. ning sent. oyida ishga tushgan ijtimoiyiqtisodiy kasbhunar kollejida bank ishi, soliq va soliqqa tortish, huquqshunosiqtisodchi, moliya, boshlangʻich sinflarda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, bolalar va xotinqizlarga tibbiyijtimoiy yordamni tashkil etish yoʻnalishlarida 600 oʻquvchi taʼlim oladi. Tumanda klub muassasalari, markaziy kutubxona va uning 27 filiali, madaniyat va istirohat bogʻi, 6 madaniyat uyi aholiga xizmat koʻrsatadi.

Markaziy stadion, bir qancha futbol, voleybol, basketbol maydonlari, sport zallari va b. sport inshootlari ishlab turibdi. 4 kasalxona, 3 poliklinika, 18 feldsherakusherlik va 11 qishloq vrachlik punktlari, kishloq vrachlik ambulatoriyalari, Salomatlik markazi, dorixonalar mavjud. Tarixiy va meʼmoriy yodgorliklardan Qilich Mergan bobo tarixiy qabristoni, Abduqahdor ota ziyoratgohi, jomeʼ masjidlar bor. 2002-y. dan «Navbahor» tuman gaz. chop etiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x