METILMETAKRILAT

METILMETAKRILAT, CH2=C(CH3) COOCH3 — metakril kislotaning metil efiri, oʻziga xos hidli rangsiz suyuklik. Mol. m. 100,12. Suyuklanish t-rasi — 48,2°, qaynash t-rasi h0h°, zichligi 943 kg/m3. Suvda oz, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Metilmetakrilat umumiy zaharlovchi va narkotik taʼsirga ega; bugʻi koʻzni yoshlantiradi. Katalizatorlar (benzoil peroksid, ammoniy persulfat va b.) ishtirokida qizdirilganda oson polimerlanib, qattiq shaf-fof polimer hosil qiladi. M — organik shisha olishda asosiy xom ashyo. Lok va yelim i. ch. da ishlatiladigan turli sopolimerlar sintezida ham qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x